Ichki ishlar organlari xodimlari orasida kundalik yoxud tungi xizmat faoliyati davomida turli baxtsiz hodisalar va fuqarolar tomonidan qarshilik ko‘rsatilishi oqibatida, vafot etish hamda tan jarohati olib nogiron bo‘lib qolish holatlari tez-tez uchramoqda.
Xususan, joriy yilning 10 oyida 25 nafar xodim vafot etgan, shundan, 9 nafari yo‘l-transport hodisasi oqibatida, 16 nafari xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan.
Shuningdek, 284 nafar xodimlar turli darajada tan jarohati olib, aksariyati olgan tan jarohati oqibatida orttirilgan nogironlik holati yoki xizmatga yaroqsizligi sababli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
Ijtimoiy ta’minot faoliyatini shaffofligini ta’minlash, xodimlarning ushbu masalalardagi murojaatlarini onlayn qabul qilish, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida “ijtimoiy-himoya.iiv.uz” elektron dasturi yaratildi.
“O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, avval mavjud bo‘lmagan 6 ta yangi imtiyozlar joriy etildi.
Jumladan: betob xodimlar davolanishi, xodimning betob yaqin qarindoshlarini operasiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash, sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish, uy-joyga ega bo‘lish yoki yashash sharoitini yaxshilash, to‘ylar va dafn marosimlarini o‘tkazish, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar berish uchun;
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–118-son qaroriga muvofiq, 7 ta yangi imtiyozlar amaliyotga tadbiq etildi.
— 20 yil va undan ko‘p ishlagan xodimlarga sog‘lig‘ini tiklash uchun bir martalik kompensatsiya to‘lash;
— xizmatdan bo‘shatilgandan boshlab 36 oy davomida sobiq xodimning ichki ishlar organlaridagi xizmat vazifalarini bajarganligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra hayoti va sog‘ligiga zarar yetkazilgan taqirda, bir martalik pul kompensatsiyasi to‘lash:
- vafot etganda – BXMning 500 baravarigacha
- o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir jarohat yetkazilganda – BXMning 300 baravarigacha berilishi kabi imtiyozlar joriy etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20421 | Инструменты