Huawei 1
Jizzaxda 2 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan korxona aniqlandi

O'zbekistonning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida oʻtkazilgan mana shunday reyd vaqtida qonunbuzilish holati fosh etildi.

Tumanning “Koʻkbuloq” MFYda joylashgan “F. T. M.” MCHJga qarashli hudud xatlovdan oʻtkazilganda, isteʼmolchi elektron gaz hisoblash uskunasiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻani oʻzboshimchalik bilan olib tashlab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 2 milliard 46 million soʻmlik zarar aniqlandi. Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Namangan shahridagi novvoyxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31411 | Инструменты