Huawei 1
Maktablarda IT yo‘nalishi va bir qator aniq fanlar bo'yicha to'garaklar yo'lga qo'yiladi

Shavkat Mirziyoyevning "2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining qo‘shma qarori imzolandi.

Unga ko‘ra IT, matematika, fizika, kimyo, biologiya va chet tillari yo‘nalishida to‘garaklar bo‘yicha o‘qituvchilarni “Barkamol avlod” bolalar maktablari va tajribali o‘qituvchilar o‘rtasida “Ustoz-shogird” an’analariga asosan o‘qitish va malakasi oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

To‘garak xonalari uchun alohida dizayn ishlab chiqiladi va shu asosida jihozlash bo‘yicha hisob-kitoblar tayyorlanadi.

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan mahalliy moliya organlari bilan kelishgan holda hisob-kitobga asosan maktab smetasiga mablag‘lar belgilanadi.

Shuningdek, kelgusida to‘garak rahbarlari o‘rtasida “Fan to‘garaklari” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblar moddiy rag‘batlantiriladi.

Maktablar mavzusidagi xabarlar

Endilikda maktab darsliklarining ijara to'lovlari doimiy ravishda bepul bo'ladi

O'zbekiston bo'ylab 10 mingdan ortiq maktabda bugun "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlari bo'lib o'tdi

Maktab o‘quvchilari uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi?

Maktab darsliklari mualliflari Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqdi

"Xatolar bugun paydo bo‘lib qolmagan, ular 5−10 yil oldingi kitoblarda ham bor" - XTV rasmiysi maktab darsliklarida uchrayotgan xatolar haqida gapirdi

Samarqandda kitobni "uloqtirib" tarqatgan o'qituvchi va maktab direktori ishdan haydaldi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52911 | Инструменты