Huawei 1
Namangandagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohidan Qur’oni Karim kitobining qo‘lyozma nusxasi o‘g‘irlab ketildi

Namangan viloyatining Chortoq tumani Baliqko‘l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo‘lgan “Qur’oni Karim” kitobining qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2022-yilning 9-avgust kunidan 10-avgust kuniga o‘tar kechasi soat 00:04larda noma’lum shaxslar ziyoratgohdan Qur’oni Karim kitobining qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab, noma’lum tomonga yashiringan.

Mazkur holat Namangan viloyati Prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v”,“g” bandlari (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxslarni qidirib topish yuzasidan tashkil etilgan guruh tomonidan tezkor-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Qidiruv ishlarining natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Avvalroq, Sirdaryoda masjiddan ehson sifatida yig'ilgan 27 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan fuqaro 4 yilga qamalgani haqida xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120220 | Инструменты