2030-yil 1-yanvargacha xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno), xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.
Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
Soliq kodeksi 2- va 75-moddalari
Ma'lumot uchun: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31817 | Инструменты