Huawei 1
O‘zbekistonda oktyabr oyida qancha egizaklar tug‘ildi?

2022-yilning oktyabr oyida respublikada 1 942 nafar egizak tug‘ilish holati qayd etilgan. Ulardan eng ko'pi Andijon viloyatida tug'ilgan. Eng kam egizak tug'ilishi esa Sirdaryo viloyatida ro'yxatdan o'tkazilgan.

Quyida oktyabr oyida hududlar bo‘yicha tug‘ilgan egizaklar soni:

Andijon viloyati – 228 nafar

Samarqand viloyati – 214 nafar

Farg‘ona viloyati – 210 nafar

Qashqadaryo viloyati – 208 nafar

Namangan viloyati – 177 nafar

Surxondaryo viloyati – 165 nafar

Toshkent viloyati – 143 nafar

Buxoro viloyati – 122 nafar

Toshkent shahri – 110 nafar

Qoraqalpog‘iston – 98 nafar

Xorazm viloyati – 87 nafar

Jizzax viloyati – 66 nafar

Navoiy viloyati – 59 nafar

Sirdaryo viloyati – 55 nafar

Ma'lumot o'rnida, yanvar–sentyabr oylarida respublika boʻyicha jami 14 803 ta egizak chaqaloq tugʻilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1011 taga koʻp hisoblanadi. Shuningdek, noyabr oyining boshida Samarqandda 4 nafar egizaklar tug'ilgan

O‘zbekiston doimiy aholisi soni bo‘yicha dunyoda 41-o‘rinni egalladi. 15-noyabr holatiga ko'ra, doimiy aholi soni 35,9 mln. kishini tashkil etgan.

Shundan:

  • - Erkaklar – 18,1 mln kishi;
  • - Ayollar – 17,8 mln kishi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 15-noyabr holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 8034,3 mln kishini tashkil etgan.

  • - Erkaklar – 50,5 %;
  • - Ayollar – 49,5 %.

O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 41-o‘rinda qayd etilgan.

Avvalroq, BMT tahlillariga ko'ra, 15-noyabriga qadar dunyo aholisi soni 8 milliard kishiga yetishi haqida xabar bergan edik. Rasman, 15-noyabr kuni Yer aholisi 8 milliard kishiga yetdi

Unga ko'ra, 2023-yilda esa Hindiston va Xitoy dunyodagi eng zich joylashgan davlat maqomini oladi. Shuningdek, 2021-yilda o'rtacha tug'ilish koeffitsienti bir ayolga hayoti davomida 2,3 bolani tashkil etdi, bu 1950-yildagi taxminan beshtadan. 

BMT prognozlariga ko'ra, 2050-yilga borib bu ko'rsatkich 2,1 ga tushadi.  BMT ma'lumotlariga ko'ra, keyingi 9 milliard kishiga erishish uchun 15 yil kerak bo'lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12709 | Инструменты