Huawei 1
Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi aholini uy bilan taʼminlash taklif etilmoqda

“Debat Xoll”da “Iqtisodiyot va tadbirkorlik” mavzusidagi teledebatda Xalq demokratik partiyasidan vakil Anvarxon Temirov partiya ilgari surayotgan tashabbuslar haqida maʼlumot berdi.

“Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash orqali tadbirkorlarga imkoniyatlar yaratilyapti. Bunga qo‘shimcha nogironligi bor fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash reja qilingan. Shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan aholini uy bilan taʼminlash rejaga kiritilgan”, — deydi Anvarxon Temirov.

Partiya kambag‘allarga, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogiron farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan ayollar uchun arzon uy-joylar qurilishini yana-da ko‘paytirish tarafdori.

Ushbu masalani hal etishda “Ijtimoiy turar joylar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish tashabbusi bildirilgan.  Unda hashamatli uy-joylarni barpo etayotgan qurilish kompaniyalari va tijorat banklari daromadidan majburiy ajratmalar evaziga maxsus jamg‘armalar tashkil etish nazarda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101215 | Инструменты