Huawei 1
O'zbekistonda huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligi oshiriladi

O'zbekistonda huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligi oshiriladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar qildi. 

Ijtimoiy profilaktika – huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli bo'lganlarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam ko'rsatish.

Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun:

  • ma'muriy huquqbuzarlik “E-ma’muriy ish”da ro'yxatdan o'tganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo'yicha xulosa ijroga qaratiladi;
  • har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o'rnatiladi;
  • har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o'rnatiladi “mahalla yettiligi” va ko'maklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanadi.

Mahalla raisi “mahalla yettiligi” va mahallaga biriktirilgan davlat organlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini tashkil etadi.

Kriminogen vaziyati og'ir mahallalarda kamida ikkitadan “namunali xavfsiz ko'cha” va beshtadan “namunali xavfsiz yo'lak”lar tashkil qilinadi.

"Namunali xavfsiz ko'cha” va “namunali xavfsiz yo'lak”larni tashkil qilgan, kriminogen vaziyati barqarorlashgan “mahalla yettiligi” va sektor rahbarlari hokimliklar tomonidan mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan qo'shimcha moddiy rag'batlantiriladi.

Avvalroq, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangani haqida xabar qilingandi.

Maqola muallifi: Malika Norboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12506 | Инструменты