Huawei 1
O'zbekistonlik o'quvchilar Kuala-Lumpurda bo'lib o'tgan xalqaro matematika olimpiadasida g'olib bo'ldi

Malayziya poytaxtida bo'lib o'tgan Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasida (CEAMO 2025) O'zbekiston o'quvchilaridan 17 nafari medal qo'lga kiritdi. Shundan 1 tasi oltin, 3 tasi kumush va 13 tasi bronza medallaridir.

Bu yilgi olimpiadada 23 ta davlatdan 1800 nafar o'quvchi sinflar kesimida o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdi. Milliy saralash bosqichida O'zbekistondan 1000 nafardan ortiq o'quvchi qatnashdi, ular orasidan 60 nafari xalqaro bosqichga yo'llanma oldi.

Olimpiada g'oliblariga xalqaro darajadagi diplomlar topshirildi. Bu ularga kelgusida nufuzli oliy o'quv yurtlarida o'qishga kirish, stipendiya va ta'lim imtiyozlarini olish huquqini beradi.

Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasiga (CEAMO) Singapurning Terri Chyu akademiyasi tomonidan asos solingan. Mazkur olimpiada orqali o'quvchilarning matematika fanidan bilimi va savodxonligi sinovdan o'tkaziladi.

Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSh, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, O'zbekiston va boshqa mamlakatlarning 7 dan 18 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilari muntazam ishtirok etib kelmoqda. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida o'zbekistonlik o‘quvchilar 19 ta medalga sazovor bo‘lgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты