Qoʻqon Davlat pedagogika institutining yotoqxonasida talaba qizlar yashaydigan xonada yashirin videokamera oʻrnatilgani haqida xabar bergan edik. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qizlarning xonasiga rostan ham videokamera oʻrnatilganini tasdiqlagan edi.
Shundan so'ng, institut rahbariyati ham bu voqeani tasdiqlagan edi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining qayd etishicha, inson shaxsiy hayotiga oʻzboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy maʼlumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yoʻq, deb hisoblaydi.
Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan 4 nafar masʼul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
"Shu oʻrinda, voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlari kafolatlanadi. Oʻz navbatida, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini maʼlum qilamiz", - deyiladi vazirlik bayonotida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21115 | Инструменты