Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “qadriyatim.uz”, “tanlov.manaviyat.uz” sayti va mobil ilovasini yaratish xizmati uchun 1,3 milliard so‘mlik (102 ming dollar) tender o‘tkazgandi.

Keyinroq markaz sayt hamda mobil ilova yaratilishi haqidagi xabarga munosabat bildirib, tanlovlarni o‘tkazishda ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga amal qilinganini maʼlum qilgandi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tanlov savdolari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.


O‘rganish natijalari bo‘yicha “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani alomatlari yuzasidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122619 | Инструменты