Huawei 1
Sardor Rahimxon og‘ir judolikka uchradi

"Vaqf" xayriya ishlari bo‘yicha direktori Sardor Rahimxonning onasi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi "Vaqf" xayriya jamoat fondining “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktori Sardor Rahimxonning onalari vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1-noyabr kuni Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari - “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktori lavozimiga tayinlangandi.

Uzreport.news tahririyati ham marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты