Xabaringiz bor o'tgan yili 29-sentyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida xonanda Zohid Risqiyev o‘zining BMW'sida mudhish avtohalokatga uchragan. O'shanda mashinadagi bir do'sti voqea joyida vafot etgan, xonandaning o'zi esa og‘ir jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va komaga tushgandi.
4-dekabr kuni uning do‘sti, “Ummon” guruhining yana bir a'zosi Shohruh o‘zining Instagram sahifasida Zohid Rixsiyevning komadan chiqqanini ma’lum qilgan.
Joriy yil, 22-fevral kuni esa Shohruh Instagram’da do‘stining ahvoli haqida yana ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, Zohidning sog‘ligi yaxshilanib, shifoxonadan uyiga javob berilgan va tez orada uning yangi qo‘shig‘i ham chiqadi.
“Mendan uning ahvoli haqida ko‘p so‘raysiz, u yaxshi. Uyiga ruxsat berilgan va uyidan turib barcha muolajalarni olyapti. Tez kunda sizlarga yangi klipini taqdim etadi. Klipning suratga olish ishlari ham tugadi. Duo qilishdan to‘xtamaymiz, Xudo xohlasa, bundan ham zo‘r bo‘lib, konsertlar berish nasib qilsin”, deydi u.
Biroq Shohruhning ushbu videosidan ko‘p o‘tmay, Zohidning ayoli Kamola Ortiqova turmush o‘rtog‘ining ahvoli hali yaxshilanmaganini aytib, Instagramda stories joyladi.
“Shohruh aka oyda bir marta kelib ko‘rib ketadi. U asl vaziyatni bilmaydi. Ikrom Ali klip olib berdi. Bizga pul kerak. Uyimizga juda ko‘p va qimmat shifokorlar keladi. Zohid akamga hali qo‘shiq aytish mumkin emas. Tomog‘ida maxsus shlang bor”,- deydi xonandaning rafiqasi.
Eslatib o'tamiz, Zohid Risqiyev sodir etgan avariya yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur moddaga asosan u 10 yilgacha qamalishi mumkin.
Shu o'rinda, "Ummon"ning eng shirin ovoz xonandasi, guruhning yana bir a'zosi Jasur Rafiqov o‘tgan yilning 14 noyabr kuni og‘ir xastalik sabab vafot etganini eslatib o'tamiz.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41813 | Инструменты