Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Surxondaryo viloyati hokimining tegishli qarori bilan Xidirova Zulxumor Abdurashidovna viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tayinlovga qadar Xidirova Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Zulxumor Xidirova 1968 yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda hozirgi Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi. U faoliyati davomida 2015-2017 yillarda 1-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari, 2017-2020 yillarda tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2020-2021 yillarda tuman hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati hokimining qarori bilan Karamova Komila Zaydullayevna viloyat hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Mazkur tayinlovgacha Komila Karamova viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, Andijon, Samarqand hamda Xorazm viloyatlari hokimlariga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlagani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122410 | Инструменты