Instagram'da bloger Nigina "Malibu 2"ning lyukidan tanasini chiqarib olgan holda harakatlangan va buni videoga olib, tarmoqqa joylagan. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan zudlik bilan o'rganildi.
Aniqlanishicha, bu holat joriy yilning 21-avgust kuni sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan 2003-yilda tug'ilgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi ("Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish") bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Nigina Instagram sahifasida voqea bo'yicha quyidagi so'zlarini aytgan:
"Xullas men hozir shahar GAIdan chiqdim. "Stories"imni kim ko'rgan bo'lsa, o'shandagi lyukdan chiqqanim uchun, bir ikkita podpischiklarim ustimdan yozib yuborishibdi. Shikoyat tushgan, qonunga zid ekan, "tak shto" sizlar ham lyukdan chiqmanglar".
Alpha version: 0.9.1.19 build 20416 | Инструменты