2025-yilning 1-yanvar holatiga, O‘zbekistonda boqilayotgan jami parrandalar soni 106,6 milliontaga yetgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 % ga ko‘p.
Hududlar kesimida parrandalar soni:
– Toshkent viloyati – 17,7 mln bosh
– Samarqand viloyati – 15,5 mln bosh
– Andijon viloyati – 11 mln bosh
– Farg‘ona viloyati – 8,9 mln bosh
– Buxoro viloyati – 8,2 mln bosh
– Namangan viloyati – 7,3 mln bosh
– Xorazm viloyati – 7,2 mln bosh
– Qashqadaryo viloyati – 6,9 mln bosh
– Surxondaryo viloyati – 5,5 mln bosh
– Qoraqalpog‘iston R. – 5,4 mln bosh
– Sirdaryo viloyati – 5,1 mln bosh
– Jizzax viloyati – 4 mln bosh
– Navoiy viloyati – 3,6 mln bosh
Alpha version: 0.9.1.19 build 20417 | Инструменты