Toshkent shahridagi bozorlarda savdoning bir talay turlari uchun patta narxi o‘rtacha 20-30 foizga qimmatlashi kutilmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida” Toshkent shahar hokimining qarori loyihasida so‘z boradi.
Qaror loyihasida Toshkent bozorlarida savdoning bir talay turlariga patta narxini o‘rtacha 20-30 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘zgarishi kutilayotgan narxlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:Hujjatda qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo o‘rni) o‘lchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu o‘lchamdan ortiq o‘rin uchun qo‘shimcha ravishda har bir savdo o‘rni uchun belgilangan to‘lov miqdorida joy haqi undiriladi.
Shuningdek, mahsulotlar aralash holda sotilganda, to‘lov sotiladigan mahsulot turlari bo‘yicha belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha undiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20503 | Инструменты