Bugun, 2-avgust kuni soat 11:43 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Istiqlol ko‘chasida joylashgan 50-sonli maktabning 2-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:49 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:52 da o‘rab olingan va soat 12:00 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 2-qavatning taxminan 10 kv.m maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20421 | Инструменты