Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, tezkor tadbirda Ivan ismli shaxs qo‘lga olindi. Uning xonadoni xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi mazkur giyohvandlik vositalarini internet orqali olib, grammlarga ajratib, yashirish yo‘li bilan tarqatib kelgan.
Olingan giyohvandlik vositalari 8 kg 303 gramm bo‘lib, bahosi 4 mlrd 317 mln so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ushbu shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Xorazmda 21 yoshli tungi klub ish boshqaruvchisi mijozlarga giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21116 | Инструменты