Huawei 1
Toshkentda birinchi mushuklar kafesi ochildi

18-fevral kuni poytaxtda birinchi Cats & Friends Mushuklar kafesi ochildi. U yerda sizni 12 ta mushukcha kutib olib, mehringiz evaziga a’lo kayfiyat ulashadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.  

Kafega kirish pullik: 1 soat 38 ming so‘mdan, 2 va undan keyingi soatlar esa 20 ming so‘mdan.

Kafeda Wi-Fi aloqasi, stol o’yinlari va choy, qahva, suv kabi ichimliklar bepul taqdim etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 10-uy. Ish vaqti: 10:00 dan 22:00 gacha.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21114 | Инструменты