Huawei 1
Toshkentda narkobiznes bilan shug‘ullanishda gumonlangan 7 kishi qo‘lga olindi

Toshkent shahrida giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishda gumonlangan 7 nafar fuqaro qo‘lga olindi. 

Kecha, 11 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va Bosh prokuratura hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Toshkent shahrining Olmazor tumani “Quyosh” mahallasida giyohvand hamda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan 7 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Manbaga ko‘ra, qo‘lga olingan fuqarolar ancha vaqtdan beri kuzatuvda bo‘lgan. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101215 | Инструменты