Huawei 1
Toshkentning 2 ta tumanidagi bo'sh turgan bino-inshootlar bo'yicha savdo jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan savdoga chiqarilgan bir qator davlat aktivlarining ommaviy savdosi bo‘yicha savdo jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Davlat tender komissiyasining tegishli qarori bilan Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasi, 53-uy manzildagi bo‘sh turgan bino-inshootlar hamda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Oltinko‘l 2-tor ko‘chasidagi sobiq “Markaz ulgurji savdo invest” MCHJning ma’muriy va omborxona bino-inshootlari bo‘yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichga o‘tgan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, savdo jarayonining ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlardan 2022 yil 10 yanvar soat 17-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, ya’ni sotib olish narxi, to‘lov muddati va to‘lov qobiliyati bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.

Shu bilan birga, bir qator markaziy gazeta va jurnallar tahririyatining qo‘shma murojaatiga hamda Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq Ma’muriy bino (Matbuot uyi) bo‘yicha savdo jarayonlari birinchi bosqichda to‘xtatilganligini ma’lum qilindi.

Shuningdek, ushbu davlat aktivlari bo‘yicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlarga Ishchi organ tomonidan alohida rasmiy xabarnomalar yuboriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты