Toshkent shahar Yashnobod tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi estakadasi ostidagi (umumiy yer maydoni 2,9 gektar) hududda 1200 o‘rinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi (umumiy yer maydoni 3,37 gektar) hududida 1500 o‘rinli yettita avtoturargoh, jami bo‘lib 2700 o‘rinli avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK harakat xizmati rahbari Sulton Qodirov ma’lum qildi.
Qayd etilgan rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirilishi natijasida umumiy hisobda 1700 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent metropoliteniga savdo maydonchalarining qaytarilishi haqida xabar bergan edik. Bunda tajriba tariqasida birinchi bo'lib "Novza" metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida maydonchalar tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, yo'lovchilarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida fevral oyining boshida Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston” yo‘nalishidagi 4 ta poyezdga bittadan vagon qo‘shildi. 5 vagondan iborat poyezdlar soni yil yakuniga qadar 12 taga yetkaziladi. Bundan tashqari, yil oxirigacha yana 14 ta yangi va zamonaviy turdagi Moskva poyezdini xarid qilish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21907 | Инструменты