Huawei 1
Rasman: 2026-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi O'zbekistonda o'tkaziladi

Bugun, 8-avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasining yigʻilishi tashkil etildi. Unda ayni damda davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi hamda boshqa masalalar muhokama qilindi. Shu jumladan, 2026-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mezboni ham maʼlum boʻldi.

Bu boʻyicha Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Saʼdullayev taqdimot oʻtkazdi. Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan delegatlar bir ovozdan ushbu nufuzli musobaqa Oʻzbekistonda oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatladi.

Foto: Sa'dullayevning yig'ilishda namoyish etgan taqdimotidan lavhalar.

Shu tariqa, toʻrt yildan soʻng oʻtkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga vatanimiz mezbonlik qiladigan boʻldi. Bu borada Oʻzbekistonga Polsha va Zambiya mamlakatlari raqobat koʻrsatdi, biroq federatsiyamiz bu tenderda yutib chiqishdi. Eslatib oʻtamiz, 2024-yilgi shaxmat Olimpiadasi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida oʻtkaziladi.

Avvalroq, mutlaq peshqadamga aylangan shaxmatchilarimizning  keyingi turdagi raqiblari maʻlum boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13119 | Инструменты