Microsoft kompaniyasi barcha foydalanuvchilarga 2023-yil 10-yanvardan keyin Windows 8.1 operatsion tizimini qo’llab-quvvatlashni to’xtatishini ma’lum qildi.
“Windows 8.1ni qo’llab-quvvatlash 2023-yil 10-yanvarda tugaydi. Shu sanadan keyin ushbu dasturiy ta’minot uchun texnik yordam va yangilanishlar boshqa taqdim etilmaydi. Agar sizda Windows 8.1 o’rnatilgan qurilmalaringiz bo’lsa, Windows’ning eng so’nggi va qo’llab-quvvatlanadigan versiyasiga yangilashingizni qat’iy tavsiya qilamiz. Agar sizning qurilmalaringiz Windows’ning joriy versiyasini ishga tushirish uchun texnik talablarga javob bermasa, ularni Windows 11’ni qo’llab-quvvatlaydigan qurilmaga almashtirish tavsiya etiladi”, — deya tushuntirish berdi kompaniya rahbariyati.
Shuningdek, Microsoft 10-yanvardan keyin Windows 8.1 tizimidan yangi xavfsizlik yangilanishlarini olmasdan foydalanishni davom ettirish tashkilotlarning xavf-xatarlarini sezilarli darajada oshiradi va kompaniyalarning IT tizimlari ishlashiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, deb hisoblaydi.
StatCounter hisoblagichlari ma’lumotlariga ko’ra, kompyuter foydalanuvchilarining 11,18 foizi hali ham Windows 7 operatsion tizimida ishlaydi. Windows 10 va Windows 11 tizimlari chiqarilgandan keyin ularning ulushi sekin bo’lsada, pasayishda davom etmoqda. Windows 11 ning ulushi hamon 16,93 foizni, Windows 8.1 esa 2,6 foizni tashkil qilmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Microsoft kompaniyasi 2023-yilda Netflixni 190 mlrd dollarga sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122820 | Инструменты