Huawei 1
Raqamli texnologiyalar vazirligi IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishni taklif qilmoqda

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda vazirlikning Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Yo‘ldoshev 3-oktabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Tegishli vazirliklar bilan kelishgan holda hozirda qaror loyihasi hukumatda turibdi. O‘zgarishlarning hammasini sanab o‘tmayman, bitta-ikkitasini sanab o‘taman. Masalan, chet eldan kelayotgan fuqarolar uchun qulayliklar yaratilmoqda. Ularning SIM-kartasi 30 kunda (IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tkazilmasa) o‘chib qolardi, o‘sha muddat uzaytirilyapti”, — dedi u.

Qayd etilishicha, Face ID texnologiyasi orqali IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini yaratish ham rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil noyabrida raqamli texnologiyalar vaziri (o‘sha paytda AT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri) Sherzod Shermatov mobil telefonlarni IMEI orqali ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini soddalashtirishga chaqirgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111920 | Инструменты