Huawei 1
3 nafar olim kvant mexanikasidagi tadqiqotlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi

Fizika bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti olimlar Alen Aspekt, Jon Klauzer va Anton Tsaylingerga kvant mexanikasidagi tadqiqotlari uchun berildi. Bu haqda Stokgolmdagi marosimda Nobel qo‘mitasi vakillari ma’lum qildi.

2021-yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofotini Syukuro Manabe, Klaus Xasselman va Jorjo Parizi qo’lga kiritgan edi.

Klaus Xasselman va Syukuro Manabe “Yer iqlimini fizik modellashtirish, o‘zgarishlarning miqdoriy tahlili va global isishning ishonchli prognozi”ni ishlab chiqqan. Jorjio Parizi esa “Xaos va tebranishlar fizik tizimlarda — atomdan sayyoragacha bo‘lgan miqyosda qanday o‘zaro ta’sir qilishi”ni aniqlagan.

Eslatib o'tamiz, kecha, 3-oktyabr kuni tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori e’lon qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga