Huawei 1
Britaniyada dunyodagi eng badavlat insonlardan birining pochta manzili tasodifan e’lon qilib yuborildi

Britaniya hukumati LVMH kompaniyalar guruhi asoschisi va prezidenti Bernar Arnodan xatolik tufayli uning shaxsiy elektron manzilini e’lon qilib yuborgani uchun kechirim so‘radi, deb xabar bermoqda Sky News. Biznesmen dunyoning eng badavlat insonlaridan biri hisoblanadi, Forbes uning boyligini 181,4 milliard dollarga baholagan.

Milliarderning ma’lumotlari kelasi hafta Londonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya sammitiga oid xabarnomalarni uzatishda «tarqalib ketgan». Xabarlar nusxasida maktublar kimga mo‘ljallangani ko‘rsatilgan manzillar bo‘lgan. Ushbu insonlar orasida Arnoning ham pochtasi qayd etilgan bo‘lib, barcha ishtirokchilar uni qo‘lga kiritgan.

«Bu inson xatosi tufayli yuz berdi va jabrlanuvchilardan kechirim so‘raymiz. Biz ma’lumotlar himoyasiga jiddiy qaraymiz va ushbu masalani Axborot komissari boshqarmasiga (ICO) yetkazdik», — deydi Britaniya Biznes va savdo vazirligi vakili.

Fransiyalik biznesmen Bernar Arno Forbes ro‘yxatiga ilk bor 1997 yilda 3,6 milliard dollar boyligi bilan kiritilgan. 2005 yilda esa uning boyligi 17 milliard dollarga yetib, dunyoning eng badavlat 20 insonidan biriga aylangan, 2011 yilda esa reytingning yuqori pog‘onalariga ko‘tarilgan (41 milliard dollar). Oxirgi yillarda u Ilon Mask va Jyeff Bezos bilan Forbes reytingi yetakchiligi uchun kurashib kelmoqda.

Arno egalik qiladigan LVMH xoldingi hashamatli buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi (75 ta brend), xususan, Louis Vuitton, Christian Dior, Tiffany, Sephora, Givenchy, Marc Jacobs va hokazo. 1989 yilda kompaniya 4 milliard dollar daromad ko‘rgan bo‘lsa, 2023 yilda bu 94 milliard dollarga yetgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101215 | Инструменты