Emomali Rahmonga o‘g‘li bilan tushgan rasmi tasvirlangan ulkan gilam sovg‘a qilindi
29-mart kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Sug‘d viloyatining shahar va tumanlarida yetim bolalar bilan bayram dasturxonida uchrashdi.
Ular bilan suhbatlashdi, yaxshi o‘qishni, chet tillarini o‘rganishga e’tibor berishni maslahat berdi. Uchrashuv yakunida bolajonlarga sovg‘alar – kiyim-kechaklar to‘plami, kitoblar, shirinliklar, shuningdek, pul mablag‘lari topshirildi.
Shundan so‘ng davlat rahbari 240 o‘rinli yangi “Bahor” bolalar bog‘chasining ochilishida ishtirok etdi. Ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi qurilishining tashabbuskori mamlakat hukumatidir. Soʻngra, Emomali Rahmon rejaga koʻra, Qayroqqum gilamlari fabrikasi qoshidagi gilam ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimiga bordi.
U yerda Emomali Rahmonga o‘g‘li bilan tushgan rasmi tasvirlangan ulkan gilam sovg‘a qilindi. Gilam ushbu kombinat xodimlari tomonidan tayyorlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21113 | Инструменты