Huawei 1
Kasbiy dengizi jadal ravishda qurib bormoqda (foto)

Quruqlikdagi eng katta dengiz bo'lgan Kaspiy dengizi Yerning eng katta ichki suv havzasi bo'lib, taxminan 371 ming kvadrat kilometrni egallaydi. Iqtisodiy, ijtimoiy va biologik xilma-xillik standartlari bilan o'lchanadigan bo'lsa ham u yagonadir.

Kaspiy dengizi qishloq xo'jaligini suv bilan ta'minlaydi va yaqin atrofda yashovchi odamlar uchun dam olish va ishlash imkoniyatini beradi. Uning suvlarida, yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan bir nechta turlardagi baliqlarining taxminan 90 foizi yashaydi. Biroq Kaspiy dengizi juda tez qisqar

2022-yil 19-sentabrda NASAning Terra sun’iy yo‘ldoshidagi tasvir spektroradiometri (MODIS) Kaspiy dengizining shimoliy qismidagi suv jadallik bilan qisqarayotganini tasvirga oldi. 

Tasvirning chap tomonidagi to'q yashil joylar Volga daryosi deltasining bir qismi. Sohil bo'ylab och kulrang joylar va janubi-sharqdagi oq dog'lar bug'lanishdan keyin qolgan tuz va boshqa minerallar bo'lishi mumkin.

Bir nechta sun'iy yo'ldoshlar tomonidan to'plangan va NASAning monitoringi Kaspiydagi suv sathi 1990-yillarning o'rtalaridan beri pasayib borayotganini ko'rsatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, dengiz qurib borishda davom etishi mumkin. Sababi iqlim o'zgarishi ya'ni yildan yilga havo haroratining isishi bug'lanishning kuchayishiga olib keladi.

Olimlar iqlim o'zgarishi sababli kelajakdagi suv yo'qotishlarini taxmin qilish uchun bir nechta modellarni ishlab chiqdi. Ular 2100 yilga kelib Kaspiy dengizidagi suv sathi yana 8-30 metrga tushib ketishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Inson faoliyati uchun suvdan foydalanish yoki yo'naltirish ham Kaspiyda suv yo'qotilishining muhim omilidir. Ya'ni hududdagi aholi ushbu dengiz suvidan foydalanib boraversa, yana 7 metr yo'qotish qo'shiladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12502 | Инструменты