Huawei 1
Reuters: OPEK+ kunlik neft qazib olishni 2 million barrelga qisqartirishga qaror qildi

OPEK+ monitoring qo‘mitasi neft qazib olishni kuniga 2 million barrelga kamaytirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Britaniyaning ICE — Qit'alararo birjasida Brent neftining bir barrel narxi 21-sentabrdan beri ilk bor 93 dollardan oshib ketdi.

Manbalarga ko'ra, OPEK+ yig'ilishi arafasida Jo Bayden ma'muriyati Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarni, jumladan Quvayt, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarini neft qazib olishni qisqartirishga qarshi ovoz berishga ishontirishga harakat qilgan.

Avvalroq, AQSh Yevropaga kuniga 1 million barreldan ortiq neft yetkazib berishi haqida xabar qilgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101617 | Инструменты