Huawei 1
Ukraina: AQSh harbiy yordamni tikladi

Jiddada Ukrainadagi urushni to‘xtatish imkoniyati bo‘yicha muzokaralar yakunida Kiyev Vashingtonning agar Rossiya rozi bo‘lsa, 30 kunlik otashkesim o‘rnatish haqidagi taklifini qabul qilishga tayyorligini bildirganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar mamlakatga harbiy yordam yetkazib berishni qayta boshladi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 12 mart, chorshanbaga o‘tar kechasi Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Pavel Palisa xabar berdi.

«Qo‘shma Shtatlardan xavfsizlik bo‘yicha yordam tiklanganini tasdiqlayman. Kelishuvlar amalga oshirila boshlandi. Jang davom etmoqda!» — deb yozgan u.

CNN telekanali ham o‘z veb-saytida ismini oshkor etmagan ukrainalik amaldorga tayanib, Amerikaning Ukrainaga yordam yetkazishi qayta boshlangani haqida xabar berdi. 

«Seshanba kuni (11 mart) ukrainalik amaldor Amerikaning Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha yordami qayta boshlanganini tasdiqladi», — deyiladi nashrda.

Avvalroq Jiddadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha Ukrainaning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuviga javoban AQSh vakillari Kiyevga yordam zudlik bilan tiklanishini e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishga darhol qaytishga va’da berdi.

Ar-Riyod Ukrainani qayta tiklashga sarmoya kiritishi mumkin

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Jiddada muzokara o‘tkazdi va sarmoyaviy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Bu haqda 11 mart kuni Ukraina prezidenti va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi saytlarida xabar berildi.

«Ukraina savdo-iqtisodiy va energetika sohalaridagi hamkorlikni faollashtirishdan, shuningdek, Saudiya Arabistonining sarmoyalari va mamlakatimizni tiklashdagi ishtirokidan manfaatdor. Valiahd shahzoda Ukrainaga va uning kelajagiga sarmoya kiritish niyatini tasdiqladi», deb yozadi Ukraina tomoni.

Saudiya tomonining ta’kidlashicha, yetakchilar energetika, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilma kabi sohalarda «istiqbolli sarmoyaviy va iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali sarmoyaviy munosabatlarni mustahkamlashga qat’iyliklarini yana bir bor tasdiqladilar». Zelenskiy va bin Salmon, shuningdek, «neft, gaz, ularning ishlab chiqarilishi va neft-kimyo sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish istagini bildirdi», deya qo‘shimcha qildi Ar-Riyod.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31219 | Инструменты