Huawei 1
Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 2025-yilgi moliyaviy yordami 35 mlrd yevroni tashkil etadi

2025 yilda Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Bu haqda 22 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi savdo bo‘yicha komissari Valdis Dombrovskis o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Dombrovskis ushbu postini Davosda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumi davomida yozgan. U yerda Ukraina Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yuliya Sviridenko bilan uchrashuv o‘tkazgan. Komissarning ta’kidlashicha, ular Yevropa Ittifoqining yagona bozoriga yaqinlashish bo‘yicha qadamlarni muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, Ukrainaga moliyaviy yordam EU G7 ERA va Ukraine Facility kredit tashabbuslari orqali amalga oshiriladi. Ukraina Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Yevropa Ittifoqi Ukrainaga eng yirik donor bo‘lgan va Ukraine Facility fondi orqali 16,6 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatgan.

UNIAN agentligi xabariga ko‘ra, 10 yanvar kuni Ukraina davlat byudjetiga Yevropa Ittifoqi tomonidan ERA tashabbusi doirasida 3 milliard yevro tushgan. Bu tashabbus Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga mablag‘ ajratishni nazarda tutadi. Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigalning ta’kidlashicha, bu Yevropa Ittifoqidan kelgan birinchi transh bo‘lib, u Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadlar bilan ta’minlangan.

“Bloomberg” agentligi xabariga ko‘ra, 2025 yilda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) Ukrainaga 1,5 milliard yevro sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. YeTTBning Ukraina va Moldova bo‘yicha boshqaruvchi direktori Arvid Tuyerknerning aytishicha, bankning sarmoyadagi asosiy ustuvor yo‘nalishlari infratuzilma va energetik xavfsizlik hisoblanadi. Shuningdek, ustuvorliklar Ukraina xususiy sektori va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida barqarorlikka qaratilgan.

Avvalroq, Tramp Putinni Ukrainadagi urushni tugatishga chaqirgani haqida xabar qilingandi. AQSh prezidenti urushni tugatish taklifi Rossiya va uning prezidenti Vladimir Putin uchun “buyuk xizmat” bo‘lishini aytdi. Agar u buni rad etsa, Tramp Rossiya Federatsiyasini “yuqori soliqlar, bojlar va sanksiyalar” bilan tahdid qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12423 | Инструменты