Huawei 1
Jahon chempionatida faxrli o'rinni egallagan amputantlar terma jamoamiz medal va pul mukofoti bilan taqdirlandi

Bugun, 29-oktabr kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Turkiyada boʻlib oʻtgan Jahon Chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ravshan Irmatov amputantlar terma jamoamizni Jahon Chempionatidagi munosib ishtirok bilan tabrikladi. Ushbu natijaning ortida ulkan iroda va matonat turganini aytib, bu futbolchilar xalqimizni mehrini qozongani, yoshlarimizga esa haqiqiy namuna va oʻrnak boʻlganini taʼkidlab oʻtdi. Vatan shaʼni va obroʻ-eʼtiborini qanday himoya qilish kerakligini yana bir bor barchaga namoyish qilganini eʼtirof etdi.

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov jamoaning mundialda qayd etgan natijalariga to’xtalib, musobaqa davomida jamoamiz Kolumbiya, Italiya, Ispaniya kabi jamoalarni magʻlub etilganini alohida ta‘kidlab o‘tdi. Jamoamizning keyingi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishiga ishonch bildirildi. Bundan tashqari, faoliyatini murabbiy sifatida davom ettirish istagida boʻlgan terma jamoa vakillariga O‘FA tomonidan murabbiylik kurslarida bepul oʻqish imkoniyati taqdim etilishi maʼlum qilindi. Yurtimizda o’tkaziladigan yirik musobaqalar doirasidagi uchrashuvlarni tomosha qilish uchun jamoa a‘zolariga maxsus joylar ajratilib, boshqa terma jamoalar bilan tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Oʻz navbatida, jamoa nomidan terma jamoa bosh murabbiyi Rustam Mehmonov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi va samimiy qutlovlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston amputanlar terma jamoasining 3 nafar faxriy aʼzosiga “Oʻzbek futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni taqdim etildi. Tadbir yakunida terma jamoaning barcha aʼzolari OʻFA belgisi va 10 mln so'mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Amputantlar terma jamoamizning Jahon Chempionatidagi natijalari bilan bu yerda tanishing:

O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi

5 karra Jahon chempionati sohibi bo'lmish O'zbekiston amputantlar terma jamoasi Ispaniyani mag'lub etishdi

O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Turkiyadagi Jahon chempionati guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunladi

O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Jahon chempionati nimchorak finalida yirik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishdi

O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Jahon chempionati yarim finaliga chiqishdi

JCh-2022. O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi yarim finalda Turkiyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi

Bugun amputantlar terma jamoamiz Jahon chempionati bronza medallari uchun o'yin o'tkazadi. Raqibimiz qaysi jamoa?

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22108 | Инструменты