Huawei 1
Kroyf: “O'lim guruhi” — muxlislar uchun haqiqiy lazzat, futbolchilar uchun esa azobdir”

Ispaniyaning “Barselona” klubi sobiq futbolchisi, niderlandiyalik futbol afsonasi Yoxan Kroyfning o'g'li Yordi Kroyf Yevropa Chempionlar Ligasining yangi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi natijalari hamda “o'lim guruhi” haqida fikr bildirdi.

“Shubhasiz, “C” guruhi — “o'lim guruhi”. Qiyin bo'ladi, kuchli va katta jamoalar yig'ilgan. Bu guruhdagi o'yinlar — muxlislar uchun lazzatlanish, futbolchilar uchun esa haqiqiy azob. Ularning orasidan kamida bitta top klub keyingi bosqichga chiqa olmaydi. Shuning o'ziyoq intrigani oshiradi.

Robert “Bavariya”ga qarshi? Bu normal holat. U uchun bu o'yinlar qiyin o'tishi tabiiy, lekin “Barsa” uchun ham bu maxsus uchrashuvdir. Chunki bu jamoalar o'zaro so'nggi 4-5 bahsda ancha qiyin o'yinlar ko'rsatishgan. “Inter” Lukakuni sotib oldi va ular ham ancha kuchayishgan. Shunday ekan, har bir jamoani hurmat qilish kerak. O'yinlarni intizorlik bilan kutaman”, — deydi Yordi Kroyf.

Avvalroq, “Inter” bosh murabbiyi Simone Indzagining “o'lim guruhi” haqida fikr bildirgani to'g'risida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101719 | Инструменты