Huawei 1
UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini Full HD formatida tomosha qiling!

Hurmatli teletomoshabinlar!

Bizni tomosha qilayotgan ko'plab odamlarning istaklarini inobatga olgan holda, UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida tasvirning sifati ancha yaxshilandi.

Shu jumladan, bugun, 25-iyundan boshlab UZREPORT TV Full HD formatida ko’rsatila boshladi. Eslatib o'tamiz, ushbu formatni FUTBOL TV telekanali bir necha oy avval joriy etgandi. Endi Toshkent va Toshkent viloyatida tyunerlarning yangi avlodi DVB-T2 egalari Jahon chempionati o'yinlarini sifat jihatidan yangi parametrlarda bahramand bo'lishlari mumkin.

Bundan tashqari, FUTBOL TV telekanalining efirga uzatish signali sifati 2 marotaba takomillashtirildi, buning natijasida telekanaldagi rasm yanada aniqroq bo'ldi.

UZREPORT TV telekanalini Full HD formatda tomosha qilish uchun nima qilish kerak? Buning uchun "Sozlamalar" menyusidan "Antenna" (yoki "Kanallar") ni tanlash va "Izlash" funksiyasidan foydalanib "UZREPORT TV HD" telekanalini topish kerak. Telekanal 626000 kGs chastota diapazonida 40-kanalda mavjud.

Tomoshabinlar uchun yana bir xushxabar: bundan buyon tyunerning birinchi avlodi bo’lmish DVB-T1da ham FUTBOL TV telekanalini tomosha qilish mumkin. DVB-T1 tunerida qidirganingizda telekanal 29-kanalda ko'rinadi (538000 kGs).

Hurmatli tomoshabinlar, UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini Full HD formatiga o’tkazish kelajakda Respublikamizning boshqa hududlarida ham amalga oshiriladi.

Izohlar: 9
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga