Huawei 1
Abdulla Avloniy nomidagi stipendiya tashkil etilishi mumkin

Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.

Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga – 170 million so‘m, kumush medalga – 102 million so‘m, bronza medal uchun – 68 million so‘m mukofot puli beriladi.

Shu bilan birga, ana shu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.

Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan farzandlarimizni tantanali kutib olib, ularni ham qahramonlar sifatida eʼzozlab, xalqimizga tanitish zarurligi taʼkidlandi.

Bu yil 14 ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun alohida sinflar tashkil etildi.

Kelgusi o‘quv yilidan yana 60 ta maktabda, jumladan, 10 ta ixtisoslashgan maktabda bu tajriba joriy qilinadi.

Kelajakda ushbu sinflarni tamomlagan o‘quvchilar shu yo‘nalishdagi oliygohlarga kirsa, ularga 2-kursdan maktabga borib kasbiy mahoratini oshirishi uchun imkoniyat yaratiladi. Alohida qobiliyatga ega talabalarga dars o‘tgani uchun oylik ham to‘lanadi.

Prezident pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etishni taklif qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100104 | Инструменты