Huawei 1
Toshkentda ota 2 mlrd so‘mga yaqin aliment to‘ladi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida erkak uch nafar farzandi voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan 2 millard so‘mga yaqin alimentni to‘lab berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sudning ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.A.dan undiruvchi Sh.G  foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandining ta’minoti uchun ular 18 yoshga to‘lguniga qadar aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Qarzdor farzandlarining ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment miqdorini oldindan to‘lab berish istagini bildirgan. 

Shundan so‘ng, taraflar tomonidan kelishuv tuzilib, bitim sud tomonidan tasdiqlangan. Unga ko‘ra, qarzdor Sh.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan jami 1 milliard 825 million 137 ming so‘mga baholangan 2 ta noturar joy ob’ektini aliment hisobidan o‘tkazib bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100102 | Инструменты