Huawei 1
Agrar universitetida sodir boʻlgan yongʻin oʻchirildi

Bugun, 30-sentabr kuni Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmadi.

Yong‘inni bartaraf etish jarayonini Favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev bevosita joyidan boshqarib bordi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100102 | Инструменты