Huawei 1
Toshkentda o‘quvchi futbol maydonchasidagi darvoza tagida qolib vafot etdi

Toshkent shahrida 11-sinf o‘quvchisi futbol maydonchasidagi darvoza tagida qolib, vafot etdi. Bu haqda shahar prokuraturasi ma’lum qildi.

Voqea joriy yilning 27 sentyabr kuni Olmazor tumanidagi 134-maktab sport maydonida sodir bo‘lgan. 133-umumta’lim maktabining 17 yoshli o‘quvchisi soat 20:00 larda ovqatlanishga, undan so‘ng 21:00-22:00 lar atrofida 5 nafar sinfdoshi bilan futbol o‘ynagani borgan.
Futbol o‘ynab bo‘lgandan so‘ng ketmoqchi bo‘lib turishganda, bola darvozaga osilgan. Lekin u muvozanatni ushlolmay chalqancha yiqilgan va ustiga darvoza tushib, uning tagida qolgan.

O‘quvchilar darvozani ko‘tarib, tez yordam chaqirgan va 40 daqiqada tez yordam kelgan. Bola Toshkent Pediatriya Institutiga olib borilgan, biroq u reanimatsiyaga olib kirib ketishayotganda soat 23:45larda “Qorin yopiq jaroxati, jigar yorilishi, jigar venasi uzilishi, ichki qon ketishi, travmatik shok”larining oqibatida  vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100100 | Инструменты