Huawei 1
Donald Tramp Zelenskiy bilan yaxshi munosabatda ekanini aytdi

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy bilan yaxshi munosabatda va u Ukraina rahbarining impichment mojarosi vaqtidagi harakatlarini yuqori baholaydi. Bu haqda Ukraina OAV amerikalik sobiq yetakchining The Washington Post gazetasiga bergan intervyusiga tayanib xabar berdi.

“Men Zelenskiy bilan yaxshi munosabatdaman. U menga yoqadi”, dedi Tramp.

AQSH sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bunga Zelenskiyning impichment bilan bog‘liq janjal paytidagi harakatlari sabab bo‘lgan.

“Zelenskiy ovozi yozib olinayotganini bilmagandi. U ‘ha, men tahdidni his qildim’ deyish o‘rniga, ‘Tramp hech qanday yomon ish qilmagan’ deya yonimni olgan”, dedi amerikalik siyosatchi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100100 | Инструменты