Huawei 1
30-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Prezident o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi

“Biz ta’lim va tarbiya tizimini yanada ravnaq toptirish, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalasiga bundan buyon ham ahamiyat beramiz va o‘qituvchilikni jamiyatimizda eng obro‘li kasblar qatoriga olib chiqamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Agrar universitetda yirik yong‘in yuz berdi

FVV xabariga ko'ra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

Farg‘ona hamda Qo‘qon davlat universitetlari tashkil etiladi

Shuningdek, Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Qo‘qon davlat universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston turizm brendining Yaponiyadagi elchisi Keysuke Minami yangi sayyohlik loyihalarini yo‘lga qo‘ydi

Turizm brendi elchisi Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish borasida olib borayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi.

Kichik korxonalar to‘lagan soliqlar 7 trln so‘mdan oshdi

2024-yil yanvar-avgust oylarida  67 192 ta kichik biznes korxonasi tomonidan 7,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Yangi yildan boshlab xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi

Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.

Abdulla Avloniy nomidagi stipendiya tashkil etilishi mumkin

Shuningdek, ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Issiqxonalarga tabiiy gaz uchun oldindan to‘lovning 50%ini to‘lashga ruxsat berildi

Mazkur yengillik hosil yilining dastlabki 3 oyi (oktabr, noyabr va dekabr) uchun amal qilib, qolgan qismini oy yakunigacha to‘lash mumkin bo‘ladi. Keyingi oylardan esa har oyda to‘liq to‘lovni amalga oshirish va bu tartib amal qilishi uchun qarzdorlik bo‘lmasligi kerak.

Green Card anketasini to‘ldirish 2-oktyabrdan boshlanadi

Anketa to‘ldirish Toshkent vaqti bilan 2-oktyabr soat 21:00 dan 5-noyabr soat 21:00 gacha davom etadi.

Komil Allamjonov lavozimidan ozod etildi

Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgan Komil Allamjonov faoliyatini xususiy sektorda davom ettiradi. Bu haqda u Saida Mirziyoyeva bilan uchrashuvda ma’lum qidi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100102 | Инструменты