Huawei 1
BMT: Isroil hujumi oqibatida qariyb 100 ming nafar livanlik Suriyaga qochdi

Isroilning Livanda shia harakati “Hizbulloh”ga qarshi harbiy amaliyoti boshlanganidan beri yuz mingga yaqin odam mamlakatdan qo‘shni Suriyaga qochib o‘tdi. Bu haqda BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qildi.

Grandining so‘zlariga ko‘ra, chegaraga kelayotgan odamlar oqimi to‘xtamayapti. BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining qo‘shimcha qilishicha, tashkilot xodimlari Suriya chegarasidagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktida yangi kelganlarga yordam berish uchun mahalliy hokimiyat va Qizil Yarim oy xodimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Aniqlanishicha, qochqinlarning 60 foizga yaqini suriyaliklar, qolgan 40 foizi livanliklardir.

Avvalroq Livan bosh vaziri Najib Mikati Isroilning mamlakat bo‘ylab yirik havo hujumlari boshlanganidan so‘ng, uylarini tashlab ketganlar soni bir millionga yaqinlashganini aytgan edi. U buni “Livan tarixidagi odamlarning eng katta ko‘chishi” deb atagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100102 | Инструменты