Huawei 1
Yangi yildan boshlab xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi

Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi har yili sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar sonini 2 barobar oshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.

Rektorlar ham oliygohlarni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan professor-o‘qituvchilar uchun sihatgoh yo‘llanmalari sonini 50 foizga oshirishlari lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bir yil oldin maktab direktorlarini o‘qitish tizimi joriy etilgan edi. Bugungi kunda ulardan 1 ming 206 nafari menejerlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Hozir ana shu direktorlarga ustama berilmoqda.

Endi bu amaliyot 2025 yil 1 sentyabrdan bog‘cha mudiralariga ham tatbiq etiladi va ularga har oyda 30 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Maktab direktori, uning boshqaruvchilik mahorati haqida muhim qo‘llanma bo‘ladigan kitoblar yo‘qligi qayd etilib, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda maktab direktorlari haqida ana shunday kitob tayyorlansa, ayni muddao bo‘lishi taʼkidlandi.

Aholi o‘sishi tufayli yiliga maktablarda – 120 mingta, bog‘chalarda – 30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelmoqda.

Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi.

Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasining 50 million dollar mablag‘i doirasida kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy bog‘cha qurilib, yangi 30 mingta o‘rin yaratiladi.

Yangi yildan boshlab xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi.

Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.

Tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100104 | Инструменты