Huawei 1
11-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada yirik sanoat va energetika obyektlari faoliyatiga va qurilishiga start berdi

"Ilgari viloyatda 6 ta loyiha qilish amri mahol edi. Bugun 6 milliard dollarlik loyihalar haqida gapirayapmiz. Nima uchun? O‘sdik, rivojlandik, investorlarni ishontirdik, sharoit yaratdik. Bunday ishlarni yana davom ettiramiz", - dedi prezident.

Toshkentda III xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi o‘tkaziladi

Simpoziumda O'zbekiston hamda xorijiy davlatlarning tajribali, mahoratli haykaltaroshlari tomonidan "Haykaltaroshlik va atrof-muhit" mavzusida toshdan ijod asarlari yaratiladi.

Uchtepa tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Farhod Abdullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. U “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ raisi etib tayinlandi.

"O‘zbekistondagi kompaniyamiz dori vositalarining uchdan bir qismi kontrabanda mahsulotidir" — AstraZeneca

AstraZeneca kompaniyasining ta’kidlashicha, respublikada farmatsevtika mahsulotlarining noqonuniy savdosi bozori hajmini aniq baholab bo‘lmaydi, ammo kontrabanda nafaqat ishlab chiqaruvchilarga, balki bemorlar uchun ham jiddiy zarar yetkazmoqda.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov: Talabga javob bermaydigan 20 ta davlat oliygohi yopiladi

Oliy ta'lim vaziri talabga javob bermaydigan 20 ta universitet yopilish arafasida ekani, bunga bitiruvchilarining 5-10 foizigina ish bilan ta’minlangani sabab ekanini aytib o‘tgan.

O‘zbekistonda soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi 96 foizni tashkil etdi

Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida qayd etildi –98 foiz.

Termiz aeroportidagi aerodrom majmuasini rekonstruksiya qilish ishlari to‘liq yakunlandi

Termiz xalqaro aeroportida aerodrom majmuasini rekonstruksiya qilishning oxirgi, uchinchi bosqichi yakunlandi.

Toshkentda 3 yashar bolani qasddan o‘ldirgan erkak qamoqqa olinib, sud-psixiatriya ekpertizasi o‘tkazish belgilandi

Shuningdek, erkak oilali bo‘lib, muqaddam sudlangan.

Bolalarni bog‘chaga joylashtirish yana-da soddalashdi

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.

2024-yilning birinchi yarmida ko‘chmas mulk savdosi 5,7 foizga qisqardi

Bu pasayish ayniqsa, Navoiy viloyatida sezilarli bo‘lib, operatsiyalar 26,5 foizga qisqardi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 13,8 foizni, Jizzax viloyatida 10,6 foizni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты