Huawei 1
12-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Turkiy davlatlar vakillari 34 ta harfdan iborat yagona alifbo bo‘yicha kelishib oldi

Taklif etilayotgan alifboning har bir harfi turkiy tillarda uchraydigan alohida fonemani ifodalaydi. 1991 yilda barcha turkiy xalqlar uchun yagona, 34 harfdan iborat alifbo ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston ham 1993 yildan 1995 yil mayigacha ushbu alifbodan foydalangan.

Toshkentdagi “Muhteshem Doner” restoranida ommaviy zaharlanish yuz berdi

6-8-sentyabr kunlari ovqatdan zaharlanish belgilari bilan jami 23 nafar fuqaro shifoxonaga joylashtirilgan. 12 sentyabr 9:00 holatiga ularning 13 nafariga uyiga ruxsat berilgan. Qolgan 10 nafar bemorga davolash muolajalari davom ettirilmoqda. Birlamchi epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra zaharlanishga kafeda tayyorlangan sous sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida 14 yil oldin yopilgan “Qora-suv” va “Uchqurg‘on” chegara bojxona postlari uzoq yillik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 14 yillik tanaffusdan so‘ng yana o‘z faoliyatini qayta tikladi.

Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga qisman o‘tkazilayotgan mahallalar bo‘yicha ma'lumot berdi.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Inflyatsiyani yil yakunida prognoz ko‘rsatkichlariga qadar va o‘rta muddatli davrda 5 foizlik target darajasigacha pasaytirish maqsadida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Sirojiddin Eshquvvatov Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhi mukofotlandi

Prezident farmoni bilan Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhi mukofotlandi.

Farg‘onada sog‘ligi yomonlashgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida YTH sodir etib, halok bo‘ldi

“Lacetti” haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Hududiy prokuraturalarda Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat bo'linmalari tashkil etiladi

Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas'ul bo'lgan Bosh prokuror o'rinbosari lavozimi kiritiladi.

Aziz Voitov sudi yopiq tarzda ko‘riladigan bo‘ldi

12-sentabr kuni JIB Yunusobod tuman sudida Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 nafar sudlanuvchi) oid jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kozim To‘laganov Qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi

Nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi tayinlandi.

Surxondaryoda inspektorni haqoratlab, pogonini yulgan mayorga tanbeh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati YPXB komandirining o‘rinbosari, mayor Baxtiyor Izbosarov inspektor bilan janjallashgani aks etgan videolavha tarqaldi.

5 yil qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2019 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxs Istanbulda ushlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91802 | Инструменты