Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Rossiya bilan 7 yil davomidagi savdo va investitsiyaviy hamkorligini tahlil qildi. 2017-2023-yillarda tovar ayirboshlash hajmi 2,1 barobarga oshib, 9,9 milliard dollarni, eksport 1,6 barobarga oshib, 3,3 milliard dollarni, import 2,4 barobarga oshib, 6,6 milliard dollarni tashkil etdi.
SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev RPL "Mavsum kashfiyoti" nomiga loyiq deb topildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi protsessual tartibda ushlandi.
25-27-may kunlari Rossiyaning Ingushetiya mintaqasida “Ixva” xayriya jamiyati tomonidan Qurʼoni karimni tajvidli o‘qish bo'yicha II xalqaro musobaqa o‘tkazildi.
Haydovchi mashinani boshqarayotgan vaqtida mast holda bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda.
Ko‘ksaroy qarorgohida O'zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’lim va muhandis kadrlarni tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Loyihaning maqsadi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub odamlar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini va ularning sifatini yaxshilashdir.
Muzokaralarda Oʼzbekiston bilan Rossiya oʼrtasidagi keng qamrovlik strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Oʼzbekistonda kichik quvvatli atom elektr stantsiyasini qurish loyihasini amalga oshirish boʼyicha kelishuvlar imzolanadi.
London Sitida O‘zbekistonning investitsiyaviy, turizm va madaniy salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Yaʼni, 1-iyundan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi.
Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun texnik reglament tasdiqlandi. U 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90310 | Инструменты