Huawei 1
29-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Respublika bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi

1907-yilda qurilgan tarixiy bino restavratsiya qilinib, zamonaviy jihozlandi. Kutubxona o‘zbek va jahon bolalar adabiyotiga oid 180 ming kitob fondiga ega.

O‘zbekistonda bank kartasidan o‘g‘riliklar uchun javobgarlik belgilanadi

Bundan tashqari, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzish va qonunga xilof ravishda mayningni amalga oshirish uchun javobgarlik belgilanishi mumkin.

O'zbekistonda davlat teatrlari va konsert muassasalariga KPI o‘rnatilmoqda

Unga ko'ra, endi bundan buyon davlat teatrlari va konsert mauassasalari faoliyatini baholash reytingi yuritiladi. Eng yuqori baho – 100 ball. Reytingdan kelib chiqib ular toifa (guruh)largataqsimlanadi.

Abituriyentlarning 56,9 foizi beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etilgan

Shuningdek, 15,7 ming nafardan ziyod abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgani ma'lum bo'ldi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga protein va vitamin komplekslari yetkazib beradi

Ikki mamlakat vakillari yiliga o‘rtacha 1 mln dollarlik protein va vitamin komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Pokiston O‘zbekiston bilan bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi

Yangi tizim chegaradan o‘tayotgan tovarlarga oid hujjat aylanishini to‘liq raqamlashtirishimkonini beradi.

"Tashabbusli budjet" tizimiga xakerlik hujumlari kuzatildi - Iqtisodiyot va moliya vazirligi

"Ushbu holat ovozlar sonini sunʼiy ravishda koʻpaytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig‘ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga keldi. Bu kabi urinishlarning oldini olish uchun qoʻyilgan cheklovlar natijasida axborot portalida bir qator uzilishlar roʻy berdi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Surxondaryodagi Togʻli Vochax qishlogʻiga ilk bor elektr toki yetib bormoqda

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani markazidan 70 kilometr uzoqlikda, togʻlar yonbagʻrida joylashgan Vochax qishlogʻidagi 21 xonadonda 120 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ushbu qishloqqa shu paytgacha elektr toki umuman yetib bormagan edi.

2023-yilda 58 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi tashkil etildi

2023-yilda 56 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishi tashkil etish rejalashtirigan bo‘lib, bugungi kunga qadar 22 ta avtobus va 36 ta yo‘nalishli taksi, jami 58 ta yangi yo‘nalish tashkil etildi.

Talabalar uchun beriladigan stipendiya miqdori oshirilishi mumkinmi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Ne’matov bungajavob berdi.

O'zbekistonda mehmonxonalar faoliyati bo‘yicha umumiy talablar qayta belgilandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi qoshidagi STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan Oʻz DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standarti ishlab chiqildi.

Shaharsozlik sohasidagi ayrim mutaxassislarni har 3 yilda sertifikatlash tizimi joriy etiladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты