Huawei 1
Yunusoboddagi suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi — Toshkent shahar hokimligi

Toshkentning Yunusobod tumanida tunda suv quvurida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish bo‘yicha yerosti ishlari yakunlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘chalarni suv bosishi oqibatida 2300 metr2 asfalt qoplamasi shikastlangan. Uni qayta tiklash ishlari Grand Road Tashkent kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun uch kun ajratilgan.

Suv bosgan hovlilardan suv ketgan, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida suv deyarli qolmagan. Uylarga suv taʼminoti tiklangan, biroq yerto‘lalar va kommunikatsiyalar o‘tkazilayotgan hududlar haligacha nam bo‘lgani uchun elektr taʼminoti hozircha ulanmagan.

3-iyul kuni Toshkent shahar Yunosobod tumanini suv bosdi. Toshkent shahar “Suv taʼminoti” axborot xizmati boshlig‘i holatga yaqin hududda joylashgan qozonxonada vaqtincha elektr taʼminoti uzilgani sabab bo‘lganini aytdi. Energetika vazirligi esa Toshkent shahar “Suv ta’minoti”ning mazkur bayonoti haqiqatga mos emasligini va 4-sonli qozonxonada 2—3-iyul kunlari elektr ta’minoti bilan bog‘liq hech qanday uzilish yuz bermaganini ma’lum qildi. Veolia Energy Tashkent sovuq suv quvuridagi nosozlik tufayli 4-IM qozonxonasida bosim pasayib ketgani va belgilangan standartlarga muvofiq ishlay olmasligini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты