Mazkur sana 1931-yilda Florensiya shahrida Xalqaro tabiatni himoya qilish harakati faollari tashabbusi bilan ta’sis etilgan.
Xalqaro Yovvoyi tabiatni himoya qilish jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni yer yuzidan jonivorlarning 3 tadan turi yo‘qolib ketmoqda. So‘nggi chorak asr davomida sayyoramizning biologik xilma-xilligi 30 foizga qisqargan.
Shu bois, ko‘plab mamlakatlarda ushbu sanada hayvonlarni himoya qilish jamiyatlari tomonidan turli targ‘ibot aksiyalari, ommaviy tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Maktablarda hayvonot dunyosini asrash bo‘yicha darslar tashkil etiladi. Ovchilarga bir kun bo‘lsada hayvon va qushlarni o‘ldirmaslik, baliqlarni ovlamaslik tavsiya etiladi.
Xususan so'nggi paytlarda O'zbekistonda ham hayvonlarni asramay, ularni ovlab, noqoqnuniy savdolari bilan shug'ullanish holatlari ko'p uchramoqda.
Hayvonlar tabiat va vaqti kelsa, ko'p hollarda insonlar uchun ham foydali. Ularni asrang va kamayib ketishini oldini olish uchun qo'lingizdan kelgan barcha yaxshiliklarni qiling.
Quyida respublikamizda hayvonlar hayotiga xavfli bo'lgan holatlar haqida yozgan xabarlarimiz:
Zarafshon daryosi atrofida 800 dan ortiq baliqlar halok bo'lgan holda topildi (foto)
Toshkent viloyatidagi kanal bo'yida bir qancha hayvon suyaklari to'planib qolganligi aniqlandi
Navoiyda 30 boshdan ortiq qo‘yni noma’lum hayvon bo‘g‘izlab ketdi
Baliqchilar Chirchiq daryosida ekologik ofat haqida xabar berishdi
Alpha version: 0.9.1.19 build 10517 | Инструменты